Haydovchilik guvohnomasini olish huquqi uchun imtihon topshirish bizning imtihon markazlarimizda amalga oshiriladi. Kontaktlar saytda ko'rsatilgan.
“TOSHKENT IMTIHON MARKAZI”da Toshkent shahri hududida istiqomat qiluvchi (birinchi navbatda) rezidentlar va norezidentlardan imtihonlar qabul qilinadi.
Boshqa mintaqalar aholisi ham milliy haydovchilik guvohnomasini olish maqsadida imtihon topshirish uchun “TOSHKENT IMTIHON MARKAZI”ga murojaat qilishlari mumkin.
Bizning markazlarimizda “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun imtihonlar o‘tkaziladi.
Toshkent shahri aholisi faqat “TOSHKENT IMTIHON MARKAZI”da imtihon topshirishlari mumkin, chunki Toshkent shahar Tuman imtihon bo‘limi va Tumanlararo imtihon bo‘limlarida transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi. Mamlakatning boshqa hududlari aholisi, agar xohlasalar, “TOSHKENT IMTIHON MARKAZI”ga ham, hududiy Tuman imtihon bo‘limi va Tumanlararo imtihon bo‘limiga ham murojaat qilishlari mumkin.
Bizning markazlarimizda nazariy – yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha testlar, amaliy – avtodromda haydovchilik malakasini baholash bo‘yicha imtihonlar qabul qilinadi.
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshirishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
Bizning markazlarimizga onlayn (sayt orqali) ariza yuborish;
yoki Bizning imtihon markazlarimizga murojaat qilish.
Onlayn roʻyxatdan oʻtish orqali safar uchun ketadigan vaqtni tejash, imtihon topshirish uchun qulay vaqt va sanani band(bron) qilish, toʻlov tizimlari orqali qulay shaklda toʻlovlarni amalga oshirish hamda navbatsiz imtihon topshirish mumkin.
Imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish belgilangan yoshga yetgandan so‘ng va quyidagi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng mumkin bo‘ladi:
a) ariza (shakli rasmiy saytda mavjud);
b) fuqaroning pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi rasmiy, shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
c) sog‘lig‘i holati va tegishli toifadagi avtotransport vositasini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma‘lumotnoma;
d) haydovchilarni tayyorlash (qayta tayyorlash) dasturi bo‘yicha o‘qishni tamomlaganligi to‘g‘risida yagona namunadagi guvohnoma.
- saytda ko‘rsatilgan ariza shaklini to‘ldirish;
- yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarni suratga olish, ularni .jpeg yoki .png formatida saqlash hamda ularni ro‘yxatdan o‘tish sahifasida saytga yuklash;
- saytda berilgan imtihon vaqti va sanasini tanlash;
- to‘lovni amalga oshirish (smartfon yordamida, QR-kodni skanerlash va elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lash);
Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tganda va to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng telefonga SMS-xabar keladi.
Oldindan belgilangan imtihon vaqtini o‘zgartirish (faqat keyingi sanalarga qoldirish) imtihon boshlanishidan 24 soat oldin rasmiy saytda amalga oshirilishi mumkin.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun imtihonga belgilangan vaqtda (imtihon boshlanishidan 15 daqiqa oldin) kelish va tekshirish uchun saytga yuklangan hujjatlarning asl nusxasini taqdim etish zarur.
Hujjatlarning asl nusxasini (8- savolga qarang) Bizning markazlarimizning roʻyxatga olish boʻlimiga taqdim etish hamda:
-imtihonga roʻyxatdan oʻtish uchun navbatda turish;
-registrator bilan kelishilgan holda imtihon vaqti va sanasini tanlash;
-to‘lovni amalga oshirish (smartfon yordamida, QR-kodni skanerlash va elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lash) zarur.
Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgandan hamda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng imtihon topshiruvchining telefoniga SMS-xabar keladi.
Imtihonlarni topshirishning belgilangan kunida, registrator imtihon topshiruvchiga shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan va imtihonlarga kirish huquqini beruvchi QR-kodli bеyjikni beradi.
Imtihonlar quyidagi ketma-ketlikda o‘tkaziladi: birinchi navbatda nazariy, so‘ng amaliy.
Nazariy imtihonlarda haydovchilikka nomzodning yo‘l harakati qoidalari va o‘quv rejasida nazarda tutilgan boshqa fanlar bo‘yicha bilimi, amaliy mashg‘ulotlarda esa avtotransportni boshqarish malakasi tekshiriladi va baholanadi.
Nazariy imtihondan o‘ta olmaganlar amaliy imtihonga qo‘yilmaydi. Takroriy imtihonlar oldingi imtihon sanasidan boshlab, yetti ish kunidan so‘ng belgilanadi.
Imtihon xonasiga kirish haydovchilikka nomzodda QR-kodli bеyjik mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Nazariy imtihonning shakli – test hisoblanadi.
Imtihon biletida 20 ta elektron (animatsion) savollar mavjud bo‘lib, nomzodga imtihonni o‘zbek yoki rus tillarida topshirishga ruxsat beriladi.
Imtihon savollariga javob berish uchun 25 daqiqa vaqt beriladi.
Imtihon natijalari avtomatik tarzda baholanadi. Agar nomzod imtihonga ajratilgan vaqt ichida 18 yoki undan ortiq savollarga toʻgʻri javob bergan boʻlsa, unga «TOPSHIRDI» degan baho,toʻgʻri javoblar soni 18 tadan kam bo‘lsa, «TOPSHIRMADI» bahosi qoʻyiladi.
Haydovchilikka nomzodlar nazariy imtihon topshirish jarayonida har qanday adabiyot, mobil aloqa, texnik yoki boshqa axborot vositalaridan foydalanish, shuningdek, imtihonni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar, bundan tashqari, boshqa haydovchilikka nomzodlar bilan muloqot qilishlari taqiqlanadi.
Amaliy imtihon tegishli toifadagi transport vositasida, avtomatlashtirilgan avtodromda o‘tkaziladi.
Transport vositalari amaliy boshqarish natijalarini avtomatik ravishda hisobga oluvchi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan.
Avtomatlashtirilgan avtodromda transport vositalarini boshqarish malakalarini baholash AET tomonidan inson omili ishtirokisiz, to‘liq avtomatlashtirilgan rejimda, haydovchilikka nomzodning test mashg‘ulotlari natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
“O‘tdi” bahosi – ijobiy natija uchun, “O‘tmadi” bahosi – salbiy natija uchun qo‘yiladi.
Nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga tasdiqlangan namunadagi maxsus sertifikatlar rasmiylashtiriladi va beriladi.
Maxsus sertifikatlar berilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida vakolatli davlat organi (YHXDX) haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishi uchun asos hisoblanadi.
Afsuski, bunday imkoniyat mavjud emas.
Imtihon markazimizda amaliy imtihon qabul qilish O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga asoslanadi.
Avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o'tkazishda foydalaniladigan obyektlarni jihozlashga qo'yiladigan talablar (matn davomida – Talablar)nodavlat ta'lim xizmatlari faoliyatini avtotransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizomga 2-ilovasida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.05.2018 yildagi 408-son) amaliy imtihonlarni topshirish uchun foydalaniladigan avtotransport vositalariga alohida talablar qo'yiladi.
Talablarning 14-bandi " a " qismida amaliy imtihonlarni topshirish uchun foydalaniladigan maxsus transport vositalari yo'l harakati qoidalari talablariga muvofiq taniqlik belgilari va qo'shimcha uskunalar bilan jihozlanishi ko'rsatib o'tilgan.
Yo'l harakati qoidalarining 150-bandi talablariga muvofiq, transport vositalarini boshqarishni o'rgatish uchun mo'ljallangan mexanik transport vositalari "boshqarishni oʼrgatish transport vositasi" taniqlik belgisi va oʼrgatuvchi uchun ulagich(сцепление) va tormozning qoʼshimcha tepkilari, orqani koʼrsatuvchi koʼzgu bilan jihozlanishi kerak.
Avvalroq, avtomototransport vositalari haydovchilarini va shahar elektr transporti vositalarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo'yiladigan 30-sonli davlat talablari (Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qaroriga 4-ilova) bandida o'quv transport vositalarini jihozlashga qo'yiladigan talablar nazarda tutilgan bo'lib, ulardan biri mufta mexanizmlari (avtomatik uzatmali transport vositasi bundan mustasno) va qo'shimcha tormozlar bilan jihozlangan bo’lishligidir.
Ammo 2021-yil 2-sentabrda ushbu hujjat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori bilan o'z kuchini yo'qotdi.
Shu munosabat bilan, amaliy imtihonni o'tkazish tartibi o'quv tashkilotlarida haydovchilarni tayyorlashga qo'yiladigan talablarga mos keladi.
Agar hozirgi vaqtda ayrim o'quv tashkilotlarida o'quv mashg'ulotlari avtomat uzatmali transport vositalarida o'tkazilsa, bu qonunchilikning buzilishi hisoblanadi.