Sirdaryo viloyatida "Sirdaryo viloyati Imtihon Markazi" ochilishi

Sirdaryo viloyatida innovatsion “Sirdaryo viloyati Imtihon Markazi” oʻz faoliyatini boshladi.

Haydovchilik guvohnomasini olish istagidagi nomzodlar, nazariy va amaliy imtihonlarni bizning imtihon markazimizda topshirishlari mumkin.

“Sirdaryo viloyati Imtihon Markazi” zamonaviy imtihon va oʻquv xonalaridan tortib, oʻzining avtomatlashtirilgan avtodromi kabi imtihon topshirish uchun kerak boʻlgan barcha qulayliklarga ega. Har bir nomzodga individual QR-kod beriladi uning yordamida topshirilgan imtihon bosqich va natijalari belgilanib boriladi. Nazariy imtihondan oʻtish uchun nomzod 25 daqiqa vaqt ichida 20 ta savoldan kamida 18 tasiga toʻgʻri javob berishi kerak. Avtomatlashtirilgan avtodromda amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun "A", "B", "C", "D", "BE", "CE" va "DE" toifalaridagi transport vositalari mavjud. Nomzod avtodrom boʻylab bajarilishi kerak bo’lgan mashqlar ketma-ketligidan oʻtishi kerak. Agar nomzod amaliy imtihon natijalariga ko’ra 99 dan ko’p bo’lmagan jarima ballarini qayd etgan boʻlsa, imtihon topshirilgan hisoblanadi. Amaliy imtihonni topshirish vaqtida transport vositasi salonida faqat imtihon topshiruvchi boʻladi, barcha qoidabuzarliklar avtomatik ravishda maxsus datchik va qurilmalar tomonidan qayd etiladi.

Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgandan soʻng, nomzod YHXBga taqdim etiladigan sertifikatni oladi. YHXB bazasidan berilgan sertifikat haqqoniy ekanligi tekshirilgandan soʻng, nomzodga transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi topshiriladi.

Bizning maqsadimiz – yoʻllardagi xavfsizlikni oshirish, shu sababdan haydovchilik guvohnomasini olish imtihonlari haqqoniy yoʻl bilan qabul qilinadi.
Ochilish marosimi video lavhalarini Youtube-kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.