Toshkent shahri va Toshkent viloyatida haydovchilik guvohnomasini qanday qilib olish mumkin?
Hammaga maʼlumki, transportni boshqarishni boshlashdan oldin haydovchilik guvohnomasini, boshqacha qilib aytganda, "huquq"ni olishingiz kerak. Ammo huquqni olish - majburiy tartib-qoidalar zanjiridagi eng oxirgi qadam hisoblanadi. Jarayonning o'zi haydovchilik maktabida o'qish bilan boshlanadi. Avtomaktab maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar asosida bo‘lajak haydovchilarni tayyorlab beradi. Haydovchilik maktabida o'qishni tamomlagandan soʻng, nomzodlarga haydovchilik maktabini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, shuningdek, 083-shakldagi tibbiy maʼlumotnoma qaytarib beriladi. Shundan keyingina boʻlajak haydovchilar yoʻl harakati qoidalari va transportni boshqarish bo'yicha olgan bilimlarini sinovdan o’tkazish uchun imtihon topshirishlari kerak boʻladi.
Oldin imtihonlar YHXBB da yoki xalq tili bilan aytganda "ГАИ" da topshirilgan bo‘lsa, endilikda Oʻzbekistonning barcha aholisi, bundan tashqari, chet el fuqarolari "Toshkent Imtihon Markazi" va "Toshkent viloyati Imtihon Markazi"da imtihon topshirishmoqda. Ushbu imtihon markazlarida nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkaziladi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar sertifikat olishadi, so‘ngra ushbu sertifikatni YHXBB da haydovchilik guvohnomasiga almashtirishadi.
Yangi imtihon markazlarining paydo bo'lishi bilan nimalar o'zgardi umuman olganda imtihon markazlari oʻzi nima?
"Toshkent Imtihon Markazi" va "Toshkent viloyati Imtihon Markazi" zamonaviy innovatsion markazlar bo‘lib, nomzodlarga o‘z tayyorgarlik darajasini namoyish etish imkonini beruvchi zamonaviy o‘quv xonalari va sinov yo‘lagi bilan jihozlangan.
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishning yangi tizimi eskisidan asosiy farqi shundaki, imtihonlar inson ishtirokidan butunlay xoli avtomatlashtirilgan elektron tizimda topshiriladi va baholanadi.
Imtihon topshirish uchun ariza qanday beriladi?
Imtihon uchun ariza ikki shaklda topshiriladi: onlayn yoki markazlarning oʻzida. Markazga murojaat qilganda, siz kerakli hujjatlarni taqdim etishingiz zarur. Shuni esda t utish kerakki, ariza toʻliq hujjatlar to'plami mavjud bo'lgandagina qabul qilinadi.
Arizani onlayn tarzd a topshirish uchun:
- yim.uz saytiga kiring;
- ro'yhatdan o'ting va keyingi ko'rsatmalarga bosqichma-bosqich amal qiling.
Imtihon oʻtkazilish tartibi.
Imtihonlar ikki bosqichda o'tkaziladi:
- Nazariy imtihon;
- Amaliy imtihon.
Nazariy bosqich natijalari avtomatik tarzda baholanadi va nomzodga darhol koʻrsatiladi. Agar nomzod 25 daqiqaichida 18 yoki undan ortiq savollarga toʻgʻri javob bergan boʻlsa, “Oʻtdi” bahosi, 18 tadankam javob bersa “Oʻta olmadi” bahosiqoʻyiladi. Nazariy imtihonni topshira olmagan nomzodlar amaliy imtihonga kiritilmaydi. Nazariy imtihon koʻzda tutilmagan toifalar bundan mustasno.
Sinov yoʻlagida amaliy imtihon topshirish uchun A, B, C, D, BE, CE va DE toifalari uchun avtomobillar mavjud. Nomzod sinov yoʻlagi bo'ylab, imtihon uchun tayyorlangan maxsus mashqlar ketma-ketligini bajarishi kerak. Sinov yoʻlagi - svetoforlar, avtoturargohlar, piyodalar o'tish joylari va yoʻl belgilari mavjud boʻlgan platforma - hamma narsa odatiy yo'llardagi kabi. Amaliy imtihon vaqtida avtomobilda faqat nomzod bo‘ladi va barcha qoidabuzarliklar maxsus datchiklar va qurilmalar orqali avtomat ravishda qayd etiladi.
Markazlarda nogironligi bo’lgan shaxslar imtihon topshirishlari uchun ham sharoitlar yaratilgan: ular uchun maxsus avtomobil jihozlangan
Haydovchilik guvohnomasini olish jarayoni.
Imtihonning ikkala bosqichidan ham muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodga maxsus sertifikat topshiriladi. Sertifikatni YHXBB da yoki davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomasiga almashtirish zarur. Toshkent Imtihon Markazi yoki Toshkent viloyati Imtihon Markazida olingan sertifikatning amal qilish muddati 1 yil bo‘lib, agar ushbu muddat ichida haydovchilik guvohnomasi olinmagan bo‘lsa, sertifikat bekor qilinadi.
Imtihonga qanday tez va samarali tayyorgarlik ko’rish kerak?
Imtihonlarda o'zingizni yanada ishonchli his qilish, olgan bilimingizni charxlash va chuqurlashtirish uchun markazlarimiz va filiallarimizda nazariy va amaliy imtihonlarga tayyorlanishingizga yordam beradigan ekspress kurslarni taklif etamiz.
O‘quv jarayoni zamonaviy va interaktiv multimedia tizimlari bilan jihozlangan qulay oʻquv xonalarida olib boriladi. Darslar malakali va tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi.
Nomzodlarga qulaylik yaratish, o‘qish va ishni uyg‘unlashtirish imkonini berish maqsadida darslar 4 smenada olib boriladi. Nomzodlar transportni boshqarish boʻyicha mahoratlarini test-drive da, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimlarini esa bir martalik nazariy imtihon topshirish orqali sinab ko‘rishlari mumkin. Shuningdek, ko'plab amaliy ekspress kurs tarif paketlari ishlab chiqilgan.
Filiallar Toshkent shahrining borish qulay bo’lgan deyarli har bir tumanlari va Toshkent viloyatida joylashgan. Ta’kidlash joizki, nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida yana yangi filiallar ochilishi rejalashtirilgan. Mavjud joylar ro'yxatini saytimizning "Ekspress kurslar" bo'limida topish mumkin.
Toshkent shahridagi filiallar:
Yangixayot tumani, Fayzli MFY, 87.
Telefon raqami: +998 (55) 513 20 02
- Ekspress kurslarning "Chilonzor" filiali
Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 55.
Telefon raqami: +998 (95) 511 88 85; +998 (55) 513 20 02
- Ekspress kurslarning "Darxon" filiali
Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 79.
Telefon raqami: +998 (95) 501 88 85; +998 (55) 513 20 02
- Ekspress kurslarning "Yunusobod" filiali
Yunusobod tumani, Yangishahar koʻchasi, 10. Stroy Centre, 3-qavat.
Telefon raqami: +998 (95) 502 88 85; +998 (55) 513 20 02
Toshkent viloyatida:
- Toshkent viloyati Imtihon Markazi
Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Ubayd xududi.
Telefon raqami: +998 (55) 513 20 02
Batafsil maʼlumotni yim.uz saytining “Ekspress kurslar” boʻlimida yoki Call-markazimizning +998 (55) 513 20 02 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Facebook: Toshkent Imtihon Markazi
Instagram: toshkent_imtihon_markazi
Toshkent Imtihon Markazi Telegram kanali: @toshkent_imtihon_markazi
Toshkent viloyati Imtihon Markazi Telegram kanali: @ToshkentViloyati_Imtihon_Markazi
Telegram bot: @yim_uz_bot
YouTube: Toshkent Imtihon Markazi