Haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatish huquqini qo‘lga kiritgan – YIM markazlariga xush kelibsiz. Birinchi va sinov tariqasida ochilgan markaz Toshkent shahridagi – TOSHKENT IMTIHON MARKAZI boʻldi. Muvaffaqiyatli ochilishdan soʻng, Ohangaron, Fargʻona, Andijon, Sirdaryo, Jizzax, Namangan va Qarshi kabi shaharlarda ham markazlar ochildi.
Bizning vazifamiz – O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarida haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham harakatlanish xavfsiz boʻlishini ta’minlashdan iborat.
Barcha markazlar yagona sifat standarti asosida qurilgan bo‘lib, nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish va baholash bo‘yicha barcha davlat talablariga javob beradi. Ta’kidlash joizki, imtihonlarning barcha bosqichlari to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, ular inson omili ishtirokisiz o‘tadi.
Biz quyidagi asosiy maqsadlarga erishishga intilamiz:
– Yoʻllardagi baxtsiz hodisalarni kamaytirish;
– Haydovchilarni tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish;
– Imtihonning barcha bosqichlaridan korrupsiya elementlarini yoʻq qilish;
– Haydovchilik mahoratini baholash va imtihonlarni o‘tkazishda ham nomzodlar, ham nazorat qiluvchi organlar uchun shaffoflik darajasini oshirish.
Sizni markazlarimizdan birida imtihon topshirishga va biz ko'rsatayotgan xizmatlarning yuqori sifatini o'z koʻzlaringiz bilan ko'rishga taklif qilamiz. Yo'l harakati xavfsizligi – bizning umumiy javobgarligimizdir.